Lopetegi "Real"da "Chelsi" himoyachisini ko‘rmoqchi

  • 07.08.2018 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonsoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ustoziga 27 yoshli ispaniyalik futbolchining universalligi ma’qul kelmoqda. Aynan shu boisdan Lopetegi rahbariyatdan transfer derazasi yopilguniga qadar Alonsoni sotib olishni so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Alonso o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!