Lopetegi TsSKAdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 3 oktabr, 2018, 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klub bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida TsSKAga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“TsSKAning o‘yin boshidagi goli o‘zimizning xatoimiz bilan sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo, gol ura olmadik, bizga omad kulib boqmadi. Hamma narsani omadsizliknii bog‘laymizmi? Yo‘q. TsSKA ham yaxshi o‘ynadi. Ular tezkor gol urishdi va shundan so‘ng keskin o‘yin ko‘rsata boshlashdi. Ikkinchi bo‘limda esa juda yaxshi himoyalanishdi.

Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, biz juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardik. Gol urmagan jamoa g‘alaba qozona olmaydi va ochko ololmaydi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!