
Lopetegi va Peres kelisha olishmayapti
Madridning "Real" klubi hamon yangi mavsumda hujum markazi uchun qaysi futbolchini sotib olish masalasida bir qarorga kela olmayapti.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klub prezidenti Florentino Peres bu borada PSJ forvardi Edinson Kavanining nomzodini ilgari surayotgan bo‘lsa, bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Valensiya" hujumchisi Rodrigoni ma’qullamoqda.
Bundan avvalroq esa Benzemaning o‘rnini "Lion" forvardi Mariano Dias egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar