Lopetegining iste’fosi "Real"ga qanchaga tushadi?

  • 24 oktabr, 2018, 21:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi o‘zining bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste’foga chiqargan taqdirda ushba mutaxassisga qancha mablag‘ to‘lashi lozimligi ma’lum bo‘ldi.

Sport.es sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 52 yoshli mutaxassisni tez orada o‘z lavozimidan ozod etishni rejalashtirmoqda. Ammo, ushbu iste’fo “Real”ga kamida 18 mln evroga tushadi. Boisi, tomonlar o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra shartnomani muddatidan avval bekor qilayotgan tomon 18 mln evro tovon puli to‘lashi lozim.

Ma’lumot uchun, Lopetegi boshqaruvidagi “Real” La Liganing o‘tgan 9ta turidan so‘ng 14 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!