Lotar Matteus: Xorvatiyaga muxlislik qilaman, ammo...
Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteus yana bir necha soatlardan so‘ng boshlanadigan JCh-2018 finalida Xorvatiyaga muxlislik qilishi haqida aytib o‘tdi.
“Yuragim Xorvatiya deb urmoqda. Ko‘plab xorvatiyalik futbolchilar Bundesligada o‘ynashadi, ular bilan munosabatlarim juda yaxshi. Bundan tashqari men ta’tilni asosan Xorvatiyada o‘tkazaman, u erda tanishlarim juda ko‘p. Shuning uchun men aynan ularga muxlislik qilaman. Lekin, futbolni tushunishimni inobatga olsak, bugun Frantsiya 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi. Frantsiyaliklarga qarshi hech qanday adovatim yo‘q, shunchaki xorvatiyaliklar menga juda yaqin shuning uchun ularga ishqibozlik qilaman”, - deydi Matteus.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya uchrashuvi 20:00da boshlanadi.



Fikrlar