Luis Suares: Minimal g‘alabaga erishdik, ammo yana 90 daqiqa vaqt bor
“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Valensiya”ga qarshi (1:0) Ispaniya Kubogi yarim final ilk o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz minimal g‘alabaga erishdik, ammo yana 90 daqiqa vaqt bor. “Valensiya” kuchli, ayniqsa Ispaniya Kubogi yarim finalida. Jamoam uchun gol urganimdan mamnunman, umid qilamanki, shu ruhda o‘ynashda davom etamiz”, – dedi Suares.
Ma’lumot uchun, Luis Suares “Barselona”ning so‘nggi 11 o‘yinida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar