Luka Modrich Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Xabaringiz bor bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.
O‘yindan so‘ng xorvatiyaliklar sardori Luka Modrich FIFA tomonidan ushbu mundialning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu borada kuchli uchlikka esa Belgiya terma jamoasi vingeri Eden Azar hamda Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmannlar kirishdi.



Fikrlar