Lukaku MYu qarorgohini tark etdi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku jamoasining yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydi.
Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra MYu rahbariyatining ruhsati bilan klub qarorgohini tark etgan. Endi u APLning "Kardiff Siti" va "Xaddersfild"ga qarshi bahslarini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum mankuanliklar safida jami 22ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar