
Lyov Kloppning gaplariga javob qaytardi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning Millatlar ligasi eng foydasiz turnir ekani borasida aytlgan gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.
"Ko‘pchilik klubda ishlaydigan murabbiylarga terma jamoalarning o‘yinlari yoqmaydi. Boisi "Liverpul", "Bavariya" yoki "Manchester Siti"ning ko‘plab futbolchilari o‘z termalariga ketishadi. Shu bois ular jamoa bilan yaxshi vaqt topib shug‘ullana olishmaydi.
Menga terma jamoa murabbiyi sifatida Millatlar ligasi yoqadi. Biz bu erda eng kuchli termalarga qarshi o‘ynay olamiz. Bu kuchsiz jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgandan ko‘ra yaxshi", - dedi Lyov.
Fikrlar