
Lyuk Shou Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonni zambilda tark etdi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Ispaniyaga qarshi bahsda boshidan jarohat olib, o‘yinni muddatidan avval tugatishga majbur bo‘ldi.
Ikkinchi taym boshida 23 yoshli futbolchi raqib himoyachisi Dani Karvaxal bilan to‘qnashib ketdi. Shou chimga yiqildi va mustaqil ravishda ko‘tarila olmadi.
Olti nafar shifokor bir necha daqiqa davomida futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Yakunda Shou zambilda maydondan olib chiqildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lyuk Shou bo‘ynidan shikast olgan. Jarohat haqida aniq tafsilot tibbiy tekshiruvdan keyin ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar