Shou: 2015 yili oyog‘imdan ayrilishim mumkin edi

  • 5 sentabr, 2018, 08:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoasi himoyachisi Lyuk Shou 2015 yili “PSV”ga qarshi EChL o‘yinida olingan og‘ir jarohatdan keyin oyog‘idan ayrilishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

Tecno

“Yolg‘on gapirmayman, vaqti-vaqti bilan futbolchilik faoliyatimni tugatish haqida o‘ylagan edim. Lekin oilam va yaqinlarim men bilan doim birga bo‘ldi. Bu haqda ko‘pchilik bilmaydi, biroq oyog‘imdan ayrilishim mumkin edi.

Shifokor bu haqda menga 6 oydan keyin aytdi. Meni Eyndxovendan Manchesterga samolyotda yubormoqchi bo‘lishdi. Agar shunday bo‘lganida, qon quyuqlashi sababli oyog‘imdan ayrilimish mumkin edi”, – dedi Shou.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!