
MLS klubi Balotellini AQShga chaqirmoqda
"Filadelfiya Yunion" klubi “Nitstsa” hujumchisi Mario Balotellining xizmatlariga qiziqish bildirgan, deya xabar beradi Brotherly Game nashri.
28 yoshli italiyalik futbolchining frantsuz klub bilan tuzgan amaldagi kelishuvi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Transfer narxi 5-6,5 million dollarga baholanmoqda.
Balotelli 2016 yili “Nitstsa”ga o‘tgan va bu jamoa safida 74 o‘yinda 43 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar