
MYu Pogbani sotmoqchi emas
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani sotish niyatidan qaytdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra mankuanliklar 25 yoshli frantsuz futbolisining transferi bo‘yicha bildiriladigan takliflarni xatto ko‘rib chiqishmaydi. Garchi, Pogba jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan kelisha olmayotgan bo‘lsa ham.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu qishda Pogbani sotishi va unga "Barselona", "Yuventus" ihva PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar