“MYu” mavsumda ilk bor TOP-6 likdagi klubni engdi
Angliya chempionati 22-tur markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” jamoasi safarda “Tottenxem” futbolchilari bilan bahslashdi.
Markus Reshford tomonidan kiritilgan yagona gol mankunianlarga muhim 3 ochkoni taqdim qildi. “MYu” joriy mavsumda ilk bor TOP-6 likdagi jamoani taslim qilish uddasidan chiqdi.
Dekabr oyida Joze Mourino o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsher qo‘li ostida “qizil iblislar” qatorasiga 5 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ayni vaqtda “MYu” 22-turdan keyin 41 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” xuddi shuncha ochko bilan yaxshiroq to‘plar nisbatiga ko‘ra 5-pog‘onada turibdi.

Fikrlar