MYu va "Yuventus" 2 nafar "Benfika" futbolchisiga 180 mln evro to‘lashga tayyor

  • 03.03.2019 15:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Benfika» klubining ikki nafar futbolchisi «Manchester Yunayted» va «Yuventus»ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Gap 19 yoshli yarim himoyachi Joau Felish va 21 yoshli himoyachi Ruben Diashlar haqida ketmoqda. Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar ham, turinliklar ham ushbu ikki futbolchi uchun 180 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Felish joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 23ta o‘yinda ishtirok etgan Diash esa 2ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!