MYuning sobiq futbolchisi “Everton”ga o‘tishi mumkin

  • 18.07.2018 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Everton" klubi "Real Sosedad"ning belgiyalik yarim himoyachisi Adnan Yanuzayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra mersisaydliklar 23 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirishmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, Yanuzay uchun Angliya premer-ligasi begona emas. Boisi, u bundan avval "Manchester Yunayted" hamda "Sanderlend" klublarida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Yanuzay o‘tgan mavsum "Real Sosedad" safida jami 35ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!