Makgregor Meyvezerdan og‘irroq: Super jang oldidan vaznlar o‘lchandi (Video)
Toshkent vaqti bilan 27 avgust kuni tongda AQShning Las-Vegas shahrida UFC chempioni Konor Makgregor hamda engilmas bokschi – 5 vazn toifasida chempion bo‘lgan kichik Floyd Meyvezer boks qoidalari asosida jang qiladi.
Uzoq kutilgan super jangdan bir kun avval an’anaga ko‘ra har ikki sportchi ishtirokida vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi va har ikkisi belgilangan o‘rta vazn 69.85 kg. limitini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
Konor Makgregorning vazni 69.39 kg, Floyd Meyvezerning og‘irligi esa 67.81 kg. bo‘ldi. Quyida vazn o‘lchash marosimidan videolavhani tomosha qiling.

Fikrlar