“Malaga” murabbiyi: Jamoam “Real”ga yordam berganidan xursandman

  • 9 aprel, 2017, 12:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniyaning “Malaga” klubi bosh murabbiyi Michel “Barselona”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

- Futbolchilarim o‘zining ng yaxshi tomonlarini ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonishdi. Luis Enrike natija adolatsiz bo‘lganini aytdi? Buning uning fikri. Bu bahsda “Malaga” “Barselona”dan ko‘p jihatlarda ustunlik qildi. Men oldin aytgandim. “Real”ga yordam berish shart emas. Chunki “qirollik klubi” buni o‘zi uddalay oladi. Lekin “Malaga” madridliklarga yordam berganidan xursandman, - deydi Michel.

Eslatib o‘tamiz, “Malaga” o‘z maydonida “Barselona”ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!