Malkom uchun barchasi baxtli yakun topishi mumkinmi?

CHERY AUTO

Braziliyalik futbolchi La Ligada yarim soat ham o‘ynamagan bo‘lsada, Usmon Dembelening qishda ketishi unga imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Xo‘sh, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Malkom uchun kataloniyaliklar safidagi faoliyati omadli yakun topadimi? Quyida shu haqida muhokama qilamiz.

Tecno

Malkom diqqat markazida? Shu yil yozida «Bordo»dan «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tgan yosh futbolchi vaziyat taqozosi bilan o‘yindan chetda qolib ketdi.

Braziliyalik futbolchi «Barselona»da o‘zini ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi va zaxiraga mixlanib qoldi. U hatto so‘nggi daqiqalarda bo‘lsa ham maydonga tushish baxtidan mosuvo qolib ketmoqda.

Biroq uni hisobdan chiqarish uchun vaqt hali ertamasmi? Uning yanvarda klubdan ketishi haqidagi gap-so‘zlarga qaramay taqdir unga imkoniyatlar to‘la yangi eshigini ochishi mumkin.

«Barsa» «Roma»ga uchadigan samolyotini kutib o‘tirgan yigitchani so‘nggi daqiqalarda 41 million evro evaziga ilib ketgandi. 21 yoshli futbolchi rimliklar bilan shartnomaning barcha shartlariga rozi edi.

25 daqiqa! Ernesto Valverde unga La Liga doirasida shuncha vaqt o‘yin amaliyoti berdi. Chempionlar Ligasidagi ko‘rsatkich esa bundan ham battar. Guruh bosqichining dastlabki uch turida u birorta o‘yinda maydonga tushgani ham yo‘q.

Biroq to‘rtinchi turda u «Inter»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda maydonga tushib jamoasi uchun muhim gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Malkom Qirol Kubogi doirasida «Kultural Leonesa»ga qarshi o‘yinni ilk daqiqalardan boshladi. U bu o‘yinda o‘zining biroz bo‘lsada sport formasida ekanligini isbotlay oldi.

Yosh futbolchini qiyin vaziyatda qolgani ustidan kulish oson. Ammo u «Kamp Nou»da hali o‘z so‘zini aytadi. Uning kelishi uchun qattiq kurashgan kataloniyaliklar uchun Malkom asosiy transfer maqsadi emasdi.

«Chelsi» vakili Villian kataloniyaliklarning ro‘yxatida birinchi o‘rinda edi. «Ko‘klar» esa Antonio Konte qo‘li ostida baxtsiz futbolchiga aylangan vakilini yangi bosh murabbiy Maurisio Sarri boshqaruvida o‘ynab ketishini kutishga qaror qildi.

Bundan keyin Malkom Lionel Messi, Luis Suares va Filippe Koutinolardan keyin asosiy tanlovga aylanish uchun tashrif buyurdi. Endi esa boshqa bir variant paydo bo‘ldi. Qiyinchilikka uchrab kelayotgan yana bir futbolchi Usmon Dembelening «ko‘k-anorranglilar» safidan ketishi Malkomga jamoada qolib o‘zini ko‘rsatish imkoniyatlarini ochib beradi.

«Borussiya Dortmund» sobiq vakilining ayni vaqtda klubdaligi va aynan u zaxiradan ko‘proq tushirilayotgani Malkomga «Barselona»da hatto ikkinchi darajali bo‘lish imkoniyatidan mosuvo qilmoqda. Uning baxtiga klub safida o‘zini ko‘rsata olmayotgani Ernesto Valverde bilan bog‘liq shaxsiy munosabatlari emas. Yoki boshqa birining shaxsiy qarashlari tufayli sodir bo‘layotgani yo‘q.

Ushbu qiyin vaziyatda futbolchi va uning yaqinlari vaziyatga optimistik qarashmoqda. Murabbiyga qarshi gapirishdan tiyilmoqda. Unga Valverde ko‘proq o‘yin amaliyotini va’da qilayotgani, yoki yanvarda klubni tark etishi mumkinligi borasida ko‘plab savollarga qarshi kelmoqda.

«Tushuntirish qiyin. Barcha futbolchilar moslashishi kerak. Malkomda ham buni amalga oshirishga vaqt bor va kam bo‘lsada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.» – dedi uning agenti Junior Mingella oktyabrda RAC1 ga bergan intervyusida.

«Unga imkoniyat berilganida u o‘z sifatini ko‘rsatadi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va o‘yinga tashna. U hozirgi vaziyatni yoqtirmayapti, ammo u e’tiborini jamlagan va ishtiyoqi balandyu.»

Yangi yil Malkom uchun xushxabar bilan boshlanishi mumkin. Ayni vaqtda hamma Malkom emas, Dembelening ketishi borasida gapirmoqda. Kataloniyadagi manbalarga ko‘ra klub frantsiyalik futbolchini yanvarda sotuvga qo‘yadi. 105 million evroga olib kelingan futbolchi 12 oydan biroz ko‘p o‘ynab «Barselona» bilan ham xayrlashishi mumkin.

Dembelening ketishi o‘z-o‘zidan Malkomning klubdagi imkoniyatlarini oshiradi. Biroq barchasi Dembelening ketishiga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!