
Malkom uchun kurashda mag‘lub bo‘lgan "Roma" o‘ziga Bundesligadan zo‘r futbolchi topdi
"Roma" Leverkuzenning "Bayer" klubi vingeri Leon Beyli bilan o‘z safini kuchaytirmoqchi.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra “bo‘rilar” “Bordo” yarim himoyachisi Malkom uchun kurashda “Barselona”ga imkoniyatni boy berishgach, bor e’tiborlarini aynan 20 yoshli yamaykalik futbolchiga qaratishgan. “Dorishunoslar” esa Beylini 45 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Beyli o‘tgan mavsum “Bayer” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Beyliga shuningdek Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Fikrlar