"Manchester Siti" 18 yoshli PSJ futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
PSJ sobiq yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Klaudio Gomes faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.
18 yoshli frantsiyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi ingliz klubi rasmiy sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, Gomes ayni damda jamoaning AQShdagi yig‘inida ishtirok etmoqda. Bu erda "Manchester Siti" "Liverpul" va "Bavariya" bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Gomes markaziy yarim himoyachi hisoblanadi. Uning hisobida Farntsiya U16, U17 va U18 termalarida 36 ta o‘yin mavjud. Klaudio PSJ safida o‘tgan mavsum UEFA o‘smirlar ligasida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar