"Manchester Siti" AQSh terma jamoasi darvozabonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 27 noyabr, 2018, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Kolambus Kryu" klubi darvozaboni Zak Steffen faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda MLS klubi AQSh milliy terma jamoasi posbonini 7-10 mln evro evaziga APL chempioniga sotishga tayyor. Unga ko‘ra 23 yoshli futbolchi “shaharliklar”ning braziliyalik darvozaboni Edersonga o‘rindosh bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, Steffen yakuniga etgan mavsum MLSda mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Zak Steffen o‘tgan mavsum "Kolambus Kryu" safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 42ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!