"Manchester Siti" AQShdan zo‘r darvozabon sotib oldi

AQSh klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra,  mazkur transfer MLS tarixida darvozabonlar uchun to‘langan eng katta summa sifatida qayd etildi.

Ilgariroq 23 yoshli kiper "shaharliklar"ga 7,5 mln dollarga tushishi aytilgan edi. Futbolchi Manchesterda yaxshi o‘ynab keta olsa, bu summa 10 mlngacha oshishi mumkin.

Ammo shunisi aniqki, u Angliyada ishlash uchun ruhsatnoma ololmaydi va kelgusi mavsum ijaraga beriladi. Uning uchun ma’qul joy "Jirona" bo‘lishi aytilmoqda. Ma’lumot uchun, Steffen o‘tgan mavsum MLSning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!