
"Manchester Siti" Kovachichning transferi borasida "Real"ga rasmiy taklif yubordi
"Manchester Siti" klubi "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachichning transferi borasida rasmiy taklif bilan murojaat qilgan.
Unga ko‘ra “shaharliklar” 24 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 40 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, madridliklar Angliya chempioniga Kovachichni 50 mln evrodan kamiga sotmasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kovachich “Real” tarkibida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar