"Manchester Siti" Libertadores kubogi finalining eng yaxshi futbolchisiga qiziqmoqda

  • 06.01.2019 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Xuan Kinteroga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda futbolchining o‘zi aytib o‘tdi.

"Mening agentim "Manchester Siti" bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bunday jamoa e’tiboriga tushganimdan faxrlanaman, ammo men uchun eng muhimi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdir", - deydi Kintero.

Eslatib o‘tamiz, Kinteroning transfer huquqi "Portu"ga tegishli. U "River Pleyt"da ijara asosida to‘p suradi. U "Boka Xuniors"ga qarshi o‘tkazilgan Libertadores kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!