“Manchester Siti” Mahrezni 100 mln evroga sotib olishga yaqin
“Lester” yarim himoyachisi Riyad Mahrez o‘z faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga yaqin turibdi, deya ma’lum qilmoqda Mirror nashri.
Jazoirlik 27 yoshli futbolchi 100 million evro evaziga Angliya chempioni safiga qo‘shiladi. “Manchester Siti” agentning to‘lovini kelishib olsa bo‘lgani.
Bundan tashqari, “shaharliklar” Italiyaning “Napoli” jamoasi yarim himoyachisi Jorjinoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Mazkur transfer uchun “Manchester Siti” 55 million evro to‘lashga tayyor, neapolliklar esa 80 million evro so‘ramoqda.

Fikrlar