"Manchester Siti" Mbappeni jahonning eng qimmat futbolchiga aylantiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi rahbariyati PSJ hujumchisi Kilyan Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda va frantsiyalik futbolchi uchun 200 million funt (tax. 224 million evro) to‘lashga tayyor, deya xabar beradi Daily Mail nashri.

Transfer qishki transferlar mavsumida amalga oshishi mumkin. Agar barchasi rejadagidek bo‘lsa, bu futbol tarixidagi rekord transferga aylanadi.

Ayni damda eng qimmat transfer Neymar bo‘lib, u “Barselona”dan PSJga 222 millon evro evaziga o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsum Mbappeni “Monako”dan mavsum oxiriga qadar 130 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!