
“Manchester Siti” hammani qo‘yib yuborayotgan paytda “MYu”…
“Manchester Siti” jamoasi bir nechta futbolchi bilan xayrlashayotgan bir paytda, “shaharliklar”ning azaliy raqibi “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirganligini e’lon qildi.
Gap Antonio Valensiya haqida ketmoqda. Ekvadorlik futbolchi yangi kelishuvga ko‘ra 2019 yilgacha “qizil iblislar” safida to‘p suradi.
“Manchester Yunayted” – 2009 yildan buyon mening borlig‘imdir va men bu jamoa bilan yangi shartnoma tuzganimdan juda xursandman. Menga ishonch bildirayotgani uchun murabbiyga rahmat aytaman. Aminmanki, kelgusi mavsum barcha frontlarda birdek, kuchli o‘yin namoyish etamiz. Shu o‘rinda oilamga, jamoadoshlarimga, sheriklarimga va albatta muxlislarga meni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat deb qolaman”, - deb aytib o‘tdi ekvadorlik futbolchi shartnomaga imzo chekkanidan so‘ng.
Bundan bir necha kun ilgari esa Valensiya muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar