“Manchester Siti” ning qimmatbaho sotuvlari

  • 2 mart, 2017, 09:01
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ” tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Manchester Siti”ning qimmatbaho sotuvlari.

Tecno

Xitoy Supeligasi: Mavsum oldidan amalga oshirilgan top transferlar

5. Xavi Garsiya – 13 mln funt

Katta umidlar bilan “Benfika”dan salkam 16 mln funt evaziga harid qilingan Garsiya “shaharliklar” tarkibida ikki mavsum to‘p tepadi va jamoa safida 80 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bor gol kiritishning uddasidan chiqadi. Bu vaqt oralig‘ida esa Garsiya “Siti” bilan APlda g‘olib chiqadi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritadi. 2014 yil esa Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga 13 mln funt evaziga borib qo‘shilgan 30 yoshli himoyachi hozirda piterliklarning eng ishonchli futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(2-qism)

4. Robino – 18 mln

2008 yil jamoaga arab kapitali kirib kelganidan so‘ng 41(ayrim manbalarda 42) mln evro evaziga “Real”dan sotib olingan Robino yozgi transfer oynasining so‘nggi daqiqalarida “shaharliklar” bilan 4 yillik bitimga imzo chekadi. “Siti”dagi ilk mavsumida 15 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan braziliyalik yarim himoyachi kelgusi mavsum bor-yo‘g‘i 12 uchrashuvda maydonga tushgan Robino avvaliga “Santos”ga ijaraga beriladi. So‘ngra mavsum yakunida “Milan”ga 18 mln funt evaziga transfer qilinadi.

90 yillarda ispan klublari qanday liboslarda o‘ynashgan

3. Mario Balotelli – 19 mln

Robino ketganidan so‘ng Roberto Manchini “Ittixod”ga o‘z shogirdini olib keldi. Oz emas, 22 mln evro evaziga. SuperMarioning xizmatlaridan salkam 3 yil foydalangan “shaharliklar” 2013 yilgi qishki transferlar oynasi vaqtida “Milan”ga 19 mln funt evaziga sotib yuborishadi. Qayd etish joiz, Balotellining yo‘liga doimo uning injiq xarakteri to‘sqinlik qilib keladi va ayni shu sabab Manchesterdagi faoliyati ham uzoqqa cho‘zilmaydi.

2. Shon Rayt-Fillips – 21 mln

Shonni “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi desa ham bo‘ladi. Zero, futbolchi 17 yoshligida “Nottingem Forest”dan jamoaga kelib qo‘shiladi. Umuman olganda Shonning eng yaxshi damlari ayna “shaharliklar” safida o‘tgan desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. 2005 yil esa uni “shaharliklar”ga 21 mln funt evaziga transfer qilishadi va “aristokratlar” safida 3 mavsum to‘p surgan Shon 2008 yil 8,5 mln futnh evaziga yana qadrdon jamoasiga qaytib keladi.

1. Alvaro Negredo – 24 mln

2013 yil “Sevilya”dan salkam 17 mln funtga sotib olingan Negredo “Ittixod”da bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p suradi xolos. Anashu mavsumda “shaharliklar” tarkibida 48 uchrashuv o‘tkazgan Alvaro raqiblar darvozasini 23 bor aniq nishonga olishga erishadi. Qolaversa, o‘z shaxsiy muzeyini APL va Angliya liga kubogi medallari bilan to‘ldirib oladi. 2014 yil esa  24 mln funt evaziga “Valensiya”ga transfer qilingan Negredo hozirda “Midlsbro” safida ijara asosida to‘p surmoqda.

Futbol tarixidagi eng sovrindor 5 murabbiy

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!