
"Manchester Siti" va "Chelsi" 17 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurash boshlashdi
"Sanderlend" klubining yosh iqtidorli yarim himoyachisi Bali Mumba top klublarning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Goal.com sayti tarqatgan xabarga qaraganda 17 yoshli angliyalik futbolchiga "Manchester Siti" va "Chelsi" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ushbu transferning taxminiy narxi 3 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Mumba joriy mavsum "Sanderlend" safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar