
"Manchester Yunayted" "Manchester Siti" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
"Lion" yarim himoyachisi Tangay N'Dombele yana bir ingliz klubining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham kurash boshladi. “Qizil iblislar” bu borada o‘z hamshahari "Manchester Siti"ga jiddiy raqobat qilishmoqchi.
E’tiborlisi, MYu N'Dombele uchun frantsuz klubiga 90-100 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, N'Dombele joriy mavsum “Lion” safida hozircha 2ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar