"Manchester Yunayted" Rakitichni ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 27 fevral, 2019, 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Agar Rakitichning “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanmasa, “qizil iblislar” unga yaxshi taklif bilan murojaat qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga Milanning “Inter” klubidan ham qizqishlar bo‘layotgani va “neradzurrilar” uning transferi uchun 40 mln evro taklif qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyinchalik Rakitich “Barselona”da qolishni rejalashtirayotgani haqida aytgandi.

Ma’lumot uchun, Rakitich “Barselona” safiga 2014 yil “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!