"Manchester Yunayted" Sanchesni sotish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

  • 31.10.2018 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaning chililik vingeri Aleksis Sanchesni sotish masalasini  ko‘rib chiqadi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra Sanches "Old Trafford"da o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi va shu bois mankuanliklar uni transferga qo‘yishmoqchi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Sanchesga Frantsiyaning PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gap shundaki, agar parijliklar Neymar yoki Kilian Mbappe singari etakchilaridan birini yo‘qotishgan taqdirda, ushbu o‘ringa aynan chililik futbolchi eng munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!