"Manchester Yunayted" davralar oralig‘ida "Roma" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Xabaringiz bor kecha "Roma" safarda "Yuventus"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Xabarlarga qaraganda ushbu uchrashuvni "Manchester Yunayted" skautlari ham bevosita stadiondan turib tomosha qilishgan. Aniqrog‘i, mankuanliklar shu kuni “bo‘rilar”ning gretsiyalik himoyachisi Kostas Manolasning o‘yinini kuzatish uchun kelishgan.
Ta’kidlash kerakki, MYu yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq ushbu futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi. Manolasning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 36 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Kostas Manolas joriy mavsum “Roma” safida 14ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar