"Manchester Yunayted" joriy mavsum APLda "Manchester Siti"dan ko‘proq daromad ko‘rdi

  • 18 may, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsum Angliya premer-ligasi jamoalarining chempionat davomida qancha daromar ko‘rishgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra mavsumni ikkinchi o‘rinda tugatgan "Manchester Yunayted"hammadan ko‘p daromad topishgan. Mankuanliklar bu mavsum o‘z g‘aznalarini 149 767 145 funt sterling bilan boyitishgan. Ushbu mablag‘ teletranslyatsiyalar, turnir jadvalidagi o‘rinlar uchun to‘lanadigan mukofotlar va APL homiylari tomonidan beriladigan pullardan iborat.

Bu borada kuchli uchlikka "Manchester Siti" (149 438 654 funt) va "Liverpul" (145 904 609 funt) kirdi.

Eng kam daromadni esa "Suonsi" (98 529 028 funt), "Stok Siti" (98 857 518 funt) va "Vest Bromvich" (94 665 492) topdi. Ushbu jamoalarning barchasi yakunda Chempionshipga ravona bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!