
"Manchester Yunayted" qishda Pogbani "Yuventus"ga qo‘yib yuborishga tayyor, faqat...
"Manchester Yunayted" klubi qishki transferlar davrida yarim himoyachi Pol Pogbani sotib yubormoqchi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 25 yoshli frantsiyalik yarim himoyachini “Yuventus”ga qo‘yib yuborishga tayyor. MYu buning evaziga esa turinliklardan Aleks Sandro (himoyachi) va Miralem Pyanichlarni (yarim himoyachi) so‘romoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogbaning mavsum yakunigacha “Manchester Yunayted”da qolishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar