"Manchester Yunayted"ning asosiy himoyachisi safga qaytdi

  • 12 noyabr, 2017, 18:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” ximoyachisi Fil Jons “qizil iblislar” safiga qaytdi.

Oldinroq 25 yoshli ximoyachining terma jamoasi safida Germaniyaga qarshi o‘tkazilgan bahsda belidan olingan jarohat sabab, 25-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Shuningdek, mamlakat terma jamoasiga  yoshlar jamoasidan “Liverpul” xujumchisi Dominik Solanke va “Bornmut” yarim himoyachisi Lyuis Kuk chaqirtirilgan.

Malumot o‘rnida, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda "qizillar" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!