
Manchini: Italiya Evro-2020da g‘olib chiqishi mumkin
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Skuadra Adzurraning Evro-2020da g‘olib chiqish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
“Jahon chempionatiga chiqa olmaganimizning jarohati bitdi. Biz endi buni faqatgina yaxshi dars sifatida eslashimiz lozim.
Hozirda bizdan yaqqol kuchli jamoa yo‘q. Argentina terma jamoasi Messi bilan birga Amerika kubogida g‘olib chiqa olmadi, boshqalarda esa Messi yo‘q. Shunday ekan nega biz Evro-2020da g‘olib chiqish haqida o‘ylamasligimiz lozim?”, - deydi Manchini.
Fikrlar