
Manchini Pirloni Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘zining murabbiylar shtabidda terma jamoaning sobiq yulduzlaridan biri Andrea Pirloni ko‘rmoqchi ekanligi haqida aytib o‘tdi.
“Keling, yaxshisi rasmiy xabarlarni kutamiz. Andrea murabbiy bo‘lishni tanlabdimi, demak bu to‘g‘ri yo‘l.
Bu uning uchun ajoyib start bo‘lar edi. Shaxsan men undagi mahorat bilan bu sohada nimagadir erishgan bo‘lardim.
Agar jiddiy aytadigan bo‘lsam, biz hozir javob kutyapmiz. Agar bunday inson bizga qo‘shilsa, ajoyib ish bo‘lar edi”, - deydi Manchini.
Fikrlar