Manchini nega terma jamoaga Balotellini chaqirmaganini aytdi

  • 09.10.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini nima uchun bu safargi o‘yinlarga Mario Balotelli va Andrea Belotti kabi hujumchilarni chaqirmagani haqida gapirib o‘tdi.

“Ayni damda Balotelli ham, Belotti ham yaxshi formada emas. Lekin, baribir ular terma jamoaning bir a’zosi. Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq. Andre va Mario qachon 100 foizga tayyor bo‘lishsa, o‘shanda termaga chaqirilishadi”, - deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi oktyabr oyida dastlab Ukraina (10 oktyabr), so‘ngra Polshaga (14 oktyabr) qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!