Mane, Saloh va Obameyang yana Afrikaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qilishmoqda

  • 14 dekabr, 2018, 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika futbol konfederatsiya rasmiy sayti “qora qit’a”ning joriy 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlarni e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra ushbu nomga Aleks Ivobi (Nigeriya, "Arsenal"), Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul"), Andre Onana (Kamerun, "Ayaks"), Per-Emerik Obameyang (Gabon, "Arsenal"), Anis Badri (Tunis, "Esperans"), Riyad Maxrez (Jazoir, "Manchester Siti"), Denis Onyango (Uganda, "Mamelodi Sandaunz"), Sadio Mane (Senegal, "Liverpul"), Medxi Benatiya (Marokash, "Yuventus") va Valid Soliman (Misr, "Al-Axli") kabi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil ushbu mukofot Muhammad Salohga nasib etgan edi. Kuchli uchlikdan esa Mane va Obameyang joy olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!