
"Real" keyingi yil "Bavariya" himoyachisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Real Madrid" Dayo Upamekanoga qiziqish bildirmoqda.
"Bild" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi "Bavariya" himoyachisini tekinga qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi.
"Bavariya" va Upamekano 6 oydan beri shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq moliyaviy jihatlar bo‘yicha hali ham kelishuvga erishilmagan. Hozirda futbolchi yiliga 16 million evrogacha maosh oladi, ammo u maoshini oshirishni xohlamoqda.
Dayo Bundesliganing o‘tgan mavsumida 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar