Maqsud Karimov: "Nasaf"da o‘ynaganimdan faxrlanaman
Bundan avvalroq Maqsud Karimov bugun "Nasaf"dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Tajribali himoyachi AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng bu haqda o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Avvalom bor, shunday kunlarga etkazganiga ming marta shukur. "Nasaf"dek jamoaning tarkibida to‘p tepganimdan, jamoaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan g‘oyatda faxrlanaman. Bu jamoaning o‘tmishi shonli, salohiyati juda katta, shuningdek kelajagi ham porloq. "Nasaf" hamisha o‘zbek futbol ishqibozlarining nazaridagi jamoadir. Bu jamoada to‘p tepganimdan faxrdaman. Sevimli jamoamning kelgusi faoliyatiga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Bu jamodan ketish men uchun juda og‘ir. Bu jamoa xuddi o‘z oilamdek, o‘yimdek bo‘lib qolgan. Muxlislar esa xuddi o‘zimning aka-ukalarimdek. Hammangizga rahmat aytaman.
Fikrlar