Mariya Sharapova talash bo‘lmoqda
Mashhur rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning bu yil ishlari ancha yurishadigan bo‘ldi. Doping mojarosi tufayli katta tennisdan chetlatilgan Mariya shu yilning 26 aprel kuni yana kortga qaytadi.
Mariya Sharapova qariyb bir yarim yil davom etadigan tanaffusdan so‘ng faoliyatini o‘zi uch marotaba g‘alaba qozongani Shtutgart turniridan qayta boshlashini ma’lu qilgan.
Endi esa qator musobaqada tashkilotchilari Mariyani o‘zlari o‘takazadigan turnirga taklif qila boshlashdi. Rossiyalik tennischining shaxsiga nisbatan qiziqish kattaligini inobatga olgan tashkilotchilar unga asosiy to‘rda ishtirok etish huquqini beraligan "wild card" taqdim etishni va’da qilmoqda.

Ular orasida Rimdagi xalqaro turnir tashkilotchilari ham bor. Italiyalik jurnalist Julio Gasparinning ma’lum qilishicha, Rimda Mariyani kutishmoqda.
Rim turniri 15-21 may kunlari bo‘ladi.

Fikrlar