
Markaziy otchopar 2019 yilda foydalanishga topshiriladi (foto)
Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi o‘rinbosari Eldor Anarboev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda xabar berdi.
Kunning birinchi yarmida hali qurilishi tugallanmagan "markaziy otchopar" hudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatimizda yilqichilik va ot sportining buguni va ertasi, rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida ta’kidlandi. Shuningdek, federatsiya yil davomida erishilgan yutuqlarga batafsil to‘xtab o‘tildi. Chavandozlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar bot-bot aytildi.
2018 yilda ot sporti bo‘yicha Xalqaro musobaqaning mamlakatimizda o‘tkazilishi yig‘ilganlarga quvonch hadya etdi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.
Fikrlar