Markos Alonso: "Chelsi" haqli ravishda g‘alaba qozondi

  • 21 avgust, 2017, 11:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Angliya premer-ligasi 2-turida muxlislar London derbisi guvohi bo‘lishdi. Muhtasham “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan “Tottenxem” hamda “Chelsi” uchrashuvi dramatik ruhda kechdi va 1:2 hisobida “aristokratlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng “Chelsi” ga g‘alaba keltirgan har ikkala gol muallifi Markos Alonso o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alabadan ko‘nglim to‘ldi. O‘tgan bir hafta davomida ko‘plab gap-so‘zlar aytildi, ammo bugungi bahs shuni ko‘rsatdiki, biz hamon birmiz va yagona jamoamiz. O‘yinda ko‘p harakat qildik va 100% g‘alabaga munosib edik.

Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq to‘pni o‘zimizda saqlab turishga harakat qildik, biroq, raqib bizga bosim o‘tkaza boshladi. Biz esa birgalashib ajoyib futbol namoyish etdik”, - deydi Alonso.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" APLning ilk turida o‘z maydonida "Byornli"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!