"Marsel" Serbiya terma jamoasi forvardini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 31 avgust, 2018, 08:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgradning "Tsrvena Zvezda" klubi hujumchisi Nemanya Radonich faoliyatini "Marsel"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 22 yoshli serbiyalik futbolchi frantsuz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Buning uchun marselliklar belgradliklarga 12 million evro to‘lashgan.

Ma’lumot uchun, Radonich "Tsrvena Zvezda" sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!