"Marsel" tez orada Balotellini o‘z safiga qo‘shib oladi
Frantsiyaning "Marsel" klubi joriy qishki transferlar davrida yirik xaridlardan birini amalga oshirmoqchi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra marselliklar "Nitstsa" forvardi Mario Balotellini o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, ushbu transfer aslida o‘tgan yozda amalga oshirilishi kerak edi. Ammo, so‘nggi paytda bu barbod bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Balotelli joriy mavsum "Nitstsa" safida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga bor yo‘g‘i 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning transferi 20 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar