Marselo: Lopetegi bilan oxirigacha birgamiz

  • 22 oktabr, 2018, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Marselo iste’foga chiqarilishi kutilayotgan Xulen Lopetegini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Madridliklar "Levante"ga qarshi kechgan Ispaniya chempionati 9-tur bahsida o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi. 1:2.

- Biz ajoyib o‘yinni o‘tkazdik, ammo to‘p darvozaga bormadi. 33 marta zarba yo‘llabmiz, ammo goldan darak bo‘lmadi. Biz ko‘nglimizni cho‘ktirmaligimiz zarur. Qolgan o‘yinlarni yutish talab etiladi. "Levante" darvozamiz oldida hech narsa qila olishmadi, biroq xatolarimizdan unumli foydalandi.

- Biz Lopetegi bilan oxirigacha birgamiz. U bizga to‘g‘ri narsalarni aytadi. Biz uni yaxshi tushunamiz. U yana ishlashi kerak. Lopetegini Rafael Benites bilan solishtirmang. Bizga bosim bo‘lmoqda, biz bundan qo‘rqmaymiz. G‘alaba qozona olmaganimiz yoqmayapti, - deya Marseloning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!