Mashhurbek Qambarov 23 dekabr kuni super jang o‘tkazadi

  • 07.12.2017 12:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning Istanbul shahrida 23 dekabr kuni iste’dodli Mashhurbek Qambarov professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi.

24 yoshli bokschimiz ushbu jangda o‘zidan 20 yosh katta bo‘lgan ukrainalik Mikola Korenevga qarshi bahslashadi. 44 yoshli Mikola faoliyati davomida 25 marotaba ringga ko‘tarilib, bor yo‘g‘i ikki marotaba g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi marotaba bundan olti yil avval g‘alaba qozongan edi.

Mashhurbek Qambarov esa joriy yilning 18 mart kuni debyut jangini gruziyalik Georgiy Kerdikoshviliga qarshi o‘tkazgan. Unda bokschimiz ochkolar hisobida zafar quchgan edi. Shuningdek, u ikkinchi jangida ukrainalik Sergey Shevchukni texnik nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishgan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!